Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada koronavirus sababli kiritilgan favqulodda vaziyat rejimi bekor qilindi
Yangi Zelandiya hukumati koronavirus epidemiyasi sababli kiritilgan favqulodda vaziyat rejimini bekor qildi va umummilliy o‘tish davri boshlanganini e'lon qildi.
Bu haqda mamlakatning fuqarolik mudofaasi vaziri Peyeni Xenare ma'lum qildi. Favqulodda vaziyat rejimi 25 martdan beri amal qilib kelayotgandi.
“Yangi Zelandiyada favqulodda vaziyat bekor qilindi va umummilliy o‘tish davri e'lon qilindi, chunki mamlakat koronavirus sababli xavfsizlikka tahdidning ikkinchi bosqichiga o‘tmoqchi”, deyilgan xabarda.
O‘tish davri 13 maydan kuchga kirgan va ertaroq bekor qilinmasa yoki uzaytirilmasa 90 kun amal qiladi. Hukumat ijtimoiy masofani saqlashga va ehtiyotkorlik choralariga amal qilishga chaqirgan.
Avvalroq Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern cheklovlarni yengillashtirishning ikkinchi bosqichi doirasida chakana savdo do‘konlari, savdo markazlari, restoranlar, kinoteatrlar va boshqa jamoat joylari ochilishini ma'lum qilgan. Shuningdek, 18 maydan maktablar va universitetlar ochiladi. Mamlakat ichida safarlar amalga oshirishga ruxsat beriladi, biroq chegaralar xorijliklar uchun yana uzoq muddat yopiq qoladi.
Ayni vaqtda Yangi Zelandiyada koronavirusga chalinganlar soni 1497 nafarni tashkil qilmoqda, undan 21 kishi vafot etgan. Shifoxonalarda 2 kishi qolmoqda, 72 kishi ambulator sharoitda davolanmoqda. Oxirgi 2 kun ichida mamlakatda yangi kasallanish holatlari qayd etilmagan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
11:14 / 31.01.2025