O‘zbekiston | 12:58 / 14.05.2020
8610
2 daqiqa o‘qiladi

2021 yildan boshlab ayrim tovarlarni olib kirish qoidalari qat'iylashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2020 yildagi “Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 277-son qarori qabul qilindi.

Mamlakatimiz hududiga o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar kirib kelishining oldini olish hamda tarqalishi xavfini bartaraf etishning xavfsiz muhofazaning samarali tizimini yaratish, shuningdek, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va takomillashtirish maqsadida, qaror bilan:

2021 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga muvofiq, Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga Eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar reyestriga kiritilgan xorijiy eksport qiluvchilarga ruxsat beriladi;

tovarlarni olib kirishga ruxsatnoma olish uchun yig‘im belgilandi – BHMning 1 baravari miqdorida;

belgilanishicha, ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, ilmiy va davlat maqsadlari uchun olib kelinadigan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
 
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga uch oy muddatda Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.
 
Hujjat 12.08.2020 yildan kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid