Ferrari 4 karra jahon chempioni Sebastyan Fettel o‘rniga yangi poygachi topdi
“Formula-1” avtopoygalarida qatnashuvchi Ferrari jamoasi ispaniyalik poygachi Karlos Sayns bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Sayns jamoada 4 karra jahon chempioni Sebastyan Fettel o‘rnini egallaydi.
“Maklaren”ning 25 yoshli poygachisi Karlos Saynsning “Ferrari” bilan shartnomasi 2021 yilda kuchga kiradi va 2 mavsumga mo‘ljallangan. Joriy haftada Ferrari Fettel bilan 2020 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomani uzaytirmasligini e'lon qilgandi. U jamoani 2020 yilgi mavsumdan keyin tark etadi.
“Formula-1”dagi 5 mavsum davomida Karlos o‘z iste'dodini va texnik tayyorligini isbotladi, shu sababli u bizning oilaga juda mos keladi. Biz maqsad “Formula-1”ning cho‘qqisiga qaytishdan iborat bo‘lgan yangi davrani boshladik. Biz “Ferrari”ning oxirgi 50 yildagi eng iste'dodli va eng yosh poygachilari juftligi bo‘ladigan Sharl Lekler va Karlos Sayns qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kombinatsiyalardan eng yaxshisi bo‘lishiga ishonamiz”, deb aytgan jamoa rahbari Mattia Binotto.
Karlos Sayns ralli bo‘yicha 2 karra jahon chempioni Katta Karlos Saynsning o‘g‘li bo‘lib, u “Formula-1”da 2015 yilda Toro Rosso jamoasi tarkibida debyut qilgan. U italyan jamoasida 3 mavsum o‘tkazgach Renault’ga o‘tgan, 2019 yildan esa Mclaren uchun ishtirok etadi.
Karlosning “Formula-1”dagi eng yaxshi natijasi o‘tgan mavsumda Braziliyadagi bosqichda egallangan 3-o‘rin hisoblanib, u mavsum yakuniga ko‘ra 96 ochko bilan 6-o‘rinni egallagan.
O‘z navbatida keyingi mavsumda Saynsning Mclaren’dagi o‘rnini Renault poygachisi Daniel Rikkardo egallaydi.
Fettel o‘z faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi hozircha noma'lum. Auto Bild nashrining xabar berishicha, poygachi chempion jamoa Mercedes bilan shartnoma tuza olmasa, “Formula-1”dagi faoliyatini yakunlaydi.
Ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi sababli poyganing joriy mavsumi hali boshlanmadi. Yangi mavsumning ilk poygasi 5 iyulda Avstriyada o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022
To‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel «Formula-1»dagi faoliyatini yakunladi
20:23 / 12.12.2021
Maks Ferstappen ilk bor “Formula-1” chempioniga aylandi
23:06 / 28.11.2021