Jahon | 08:09 / 14.05.2020
2678
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya epidemiyadan keyin tiklanishga 55 mlrd yevro sarflaydi

Italiya hukumati koronavirus epidemiyasidan jabr ko‘rgan biznes va aholiga yordam berishga qaratilgan 55 mlrd yevrolik rag‘batlantiruvchi choralar paketini ma'qulladi. 

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bu choralarni aprelda kiritishga va'da bergan, biroq deyarli 500 sahifadan iborat hujjat bo‘yicha yuzaga kelgan bahslar ushlanishlarga olib kelgan.

Xususan, yuqoridagi summadan 25,6 mlrd yevro vaqtinchalik ishsiz qolgan ishchilarga nafaqalar va o‘zini ish bilan ta'minlarga bonuslar to‘lashga sarflanadi. Kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga 15-16 mln yevro sarflanadi. Yana 3,25 mlrd yevro sog‘liqni saqlash tizimiga mo‘ljallangan. 

Italiyada 2 oylik karantindan keyin biznes va harakatlanishga cheklovlar sekin-asta bekor qilinmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid