Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda ham sel kuzatildi
"Oqqo‘rg‘onlik", "Tinchlik", "H.Olimjon", "Ulug‘bek" hamda "Ziyokor" mahallalarida yomg‘ir suvlari to‘planib, bir nechta xonadonga suv kirgan.
Jizzax viloyatida ham sel kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14 may kuni Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi.
Natijada, "Oqqo‘rg‘onlik", "Tinchlik", "H.Olimjon", "Ulug‘bek" hamda "Ziyokor" mahallalarida yomg‘ir suvlari to‘planib, bir nechta xonadonga suv kirgan.
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi hamda 22 nafar qutqaruvchilari tomonidan xonadon egalariga amaliy yordam ko‘rsatilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqini hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldi olindi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
16:51 / 27.05.2025
Zominda sel avtomobil yo‘lini qum-tosh bilan yopdi
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025