Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2645taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 9 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 14 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2645 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
9 nafar yangi kasallanish holatining 2 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 7 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Tojikistondan kelgan.
Bugun 33ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 60 nafar bemor sog‘aydi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda.
Hozirda shifoxonalarda 498 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021