Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amsterdamdagi restoranda mijozlar alohida oynavand «issiqxona»larda tamaddi qiladi
Mediamatic ETEN «issiqxonalar» yordamida xodimlar va mijozlar o‘rtasidagi muloqotni kamaytirmoqchi.
Amsterdamdagi Mediamatic ETEN restorani 1 iyundan Serres Séparées (fransuzchadan tarjima qilinganda «alohida issiqxona» ma'nosini bildiradi) loyihasini ishga tushiradi.
Joylarga 21 maydan buyurtma berish mumkin. Ammo Mediamatic ETEN hukumatdan ochilish uchun rasmiy ruxsatnomani hozircha olgani yo‘q.
Mediamatic ETEN «issiqxonalar» yordamida xodimlar va mijozlar o‘rtasidagi muloqotni kamaytirmoqchi. Bitta kabinkaga uch kishigacha joylashishi mumkin. Ofisiantlar himoya ekrani va qo‘lqoplar bilan ta'minlangan bo‘lib, taomni uzun yog‘och patnislarda berishadi.
Restoranning bildirishicha, «issiqxonalar» pandemiyadan ancha avval sotib olingan bo‘lib, ulardan badiiy markazning art-loyihalarida foydalanilgan.
Niderlandiyada 1 iyundan muzey, restoran va teatrlar ochiladi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 43 mingdan oshgan.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025