Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2700ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 4 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 15 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2686 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari joriy yilning 12-14 may kunlari Rossiyadan Qoraqalpog‘istonga kelgan. 1 nafar fuqaro esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lib, kasallikni infeksiyaga chalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.
Bugun kun davomida 41ta yangi zararlanish holati qayd etildi va Namangan, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda jami 22 bemor tuzaldi.
Kasallik O‘zbekistonga kirib kelganidan buyon 2158 kishi koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hozirda mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda.
Shifoxonalarda bugungi kunda 517 nafar bemor davolanmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, bugun Sirdaryo viloyatida davolanayotgan barcha 24 nafar bemor Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga ko‘chirib o‘tkazilgan.
«Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021