Jamiyat | 15:00 / 15.05.2020
4524
2 daqiqa o‘qiladi

Poytaxtning Sergeli tumanida «Ipak yo‘li» bankining navbatdagi bank xizmatlari markazi ochildi

Foto: «Ipak Yo‘li» banki

Yangi markaz MediaPark do‘koni ro‘parasida joylashgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida barcha me'moriy me'yorlarga mos ravishda barpo etilgan.

Yangi markazda jismoniy va yuridik shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlarini taqdim etilmoqda. Xususan, jismoniy shaxslar xalqaro pul va bank o‘tkazmalarini amalga oshirish, kommunal to‘lovlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash, UzCard va HUMO plastik kartalarini ochish va xizmat ko‘rsatish, shuningdek VISA va UnionPay xalqaro kartalarini ochish, sertifikatlar va bank hisobvaraqlarini olish imkoniyatiga egalar.

Yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, internet-banking, mobil banking va SMS-banking, savdo terminallariga xizmat ko‘rsatish, korporativ kartalar, internet-ekvayring kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Bank xizmatlari markazi har kuni 24 soat davomida ishlaydigan zamonaviy bankomatlar va info-kiosklar bilan ta'minlangan. Bu yerda poytaxt aholisi va mehmonlari haftaning istalgan kunida, kunning istalgan vaqtida milliy va xalqaro plastik kartalaridagi pul mablag‘larini naqd qilib olishlari, kommunal to‘lovlarni to‘lashlari, uyali aloqa operatorlari xizmatlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmatlariga to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, 8a dahasi, Yangi Sergeli ko‘chasi Mo‘ljal: MediaPark do‘koni ro‘parasida.

Telefonlar: 71 2079979, 71 2079989

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid