Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi o‘zbek faollari qiyin ahvoldagi vatandoshlar uchun yordam tadbirlarini o‘tkazmoqda
Rossiyadagi o‘zbek faollari karantin sababli qiyin ahvolga tushib qolgan vatandoshlar uchun ijtimoiy yordam tadbirlarini o‘tkazishmoqda. Bu haqda Rossiyada huquqshunos sifatida faoliyat yuritayotgan Botirjon Shermuhammad Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining Rossiya hududida tarqalishi va karantin choralari sabab bu davlatdagi o‘zbekistonlik ko‘plab migrantlar qiyin ahvolga tushib qolmoqda. Shu bilan birga, migrantlarga ko‘mak berayotgan fond, tashkilot va mustaqil guruhlar soni ham oshib bormoqda.
«Har bir tashkilotning o‘zbek migrantlariga ko‘mak berish bo‘yicha o‘z yo‘nalishi bor. Masalan, kimdir bemorlarga yordam bersa, boshqasi yosh bolali oilalarga ko‘maklashadi.
Rossiyada shunday saxovatpesha vatandoshlar ham borki, ular 100-150 oila uchun moddiy yordam berish tashabbusi bilan chiqishmoqda. Bu holatda muhtojlarni kerakli yordam tashkilotlariga yo‘naltirish, muhtojlar ro‘yxatini tuzish, ularni tekshirish va umuman, yordam ko‘rsatish ishlarini tartibga solish ehtiyoji tug‘iladi.
Shularni hisobga olib, jamoamiz tomonidan muhtoj migrantlar uchun yordam olish onlayn anketasi tuzib chiqildi. Biz kelgan so‘rovlarni tegishli fondlarga yuborish va o‘zimiz ham muhtojlarga imkon qadar yordam ko‘rsatishga harakat qilamiz», – dedi huquqshunos.
Shu tariqa, Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarda quyidagi so‘rovnomani to‘ldirish orqali ijtimoiy va moddiy ko‘mak olish imkoni tug‘ildi.
Ma'lumot uchun, Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonlik vatandoshlar quyidagi so‘rovnomani to‘ldirish orqali ijtimoiy va moddiy ko‘mak olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 14 maydan boshlab O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari ham xayriya mablag‘lari hisobidan vatandoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsata boshlagan edi.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025