Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada og‘ir sharoitda qolgan O‘zbekiston fuqarolariga oziq-ovqat masalasida yordam beriladi
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoji bo‘lgan og‘ir holatdagi o‘zbekistonliklarga yordam berish maqsadida xayrli ishga qo‘l urmoqda.
Ma'lum qilinishicha, elchixona rasmiylari Turkiyaning deyarli barcha hududlarida shoxobchalariga ega BİM oziq-ovqat do‘konlarining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Natijada barcha BİM shoxobchalarida qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari kartalarini sotib olishga erishilgan.
Ushbu oziq-ovqat talonlari ayni paytda Turkiyada bo‘lib turgan va sharoiti og‘ir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tarqatilmoqda.

Kartalarni olish uchun bevosita elchixonaga murojaat qilish mumkin.
Elchixona manzili: Sancak Mah., 549 Sokak, № 3, Yıldız - Çankaya, Ankara
Telefon: +90-312-441-38-71.
Elchixona poytaxt Anqaradan boshqa shaharlarda yashayotgan o‘zbekistonliklarga ham oziq-ovqat talonlarini yetkazib berish chorasini ko‘rmoqda. Xususan, Turkiyada ko‘p tarmoqqa ega pochta firmalari bilan shartnomalar tuzilgan bo‘lib, ushbu talonlar telefon yoki elektron manzil orqali murojaat qilgan fuqarolarga taqdim etilgan ma'lumot asosida ushbu talonlar yetkazib beriladi.
Turkiyaning Anqaradan boshqa shaharlarida yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari oziq-ovqat sotib olish imkonini beruvchi talon masalasida quyidagi kontaktlar orqali murojaat qilishi mumkin:
Telefon: +90-312-441-38-71
Elektron pochta: [email protected]
Kun.uz Anqaradagi O‘zbekiston elchixonasidan olgan ma'lumotga ko‘ra, hozirga qadar kishi boshiga 100 liralik qiymatdagi kartalar berib kelinmoqda. Karta egalari ma'lum vaqtdan so‘ng, bu mablag‘ga xarid qilgan oziq-ovqatlari tugagach, qaytadan murojaat qilishlari mumkin.
Shuningdek, murakkab vaziyatga tushib qolgan yoki kasallikka chalingan fuqarolar ham elchixonaga murojaat qilishsa, ularga qo‘shimcha yordam ajratiladi. Ya'ni davolanish puli yoki operatsiya xarajatlari to‘lab berilishi mmumkin.
Vaziyatni inobatga olgan holda, elchixonaga haqiqatan ham etiyojmand, sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolarimiz murojaat qilishi maqsadga muvofiq.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025