Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston va Eron chegarasida poyezd va yuk mashinalarini dezinfeksiyalovchi tunnellar tashkil etiladi
Koronavirus tarqalishi oldini olish uchun Turkmaniston va Eron chegaralarini kesib o‘tuvchi poyezd va yuk mashinalari uchun dezinfeksiyalovchi tunnellar tashkil etiladi. Bu haqidagi kelishuv O‘zbekiston, Eron va Turkmaniston vakillarining 12 maydagi muzokaralari natijalariga ko‘ra erishilgan.
Bu haqida Eronning yo‘l va shaharlar qurilishi vaziri Muhammad Islomiy xabar qildi.
“Biz uch tomonlama savdo ayirboshlashni tiklash uchun koronavirusni nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma bayonnomalarga rozi bo‘ldik”, deb keltirgan Islomiy so‘zlarini Fars nashri.
10 kun ichida Turkmaniston va Eron chegaralari o‘rtasida dezinfeksiyalovchi mexanizmlar bilan ta'minlangan 20 metrlik tunnellar barpo etiladi. O‘zbekiston Erondan Turkmaniston orqali O‘zbekistonga tovarlar tranzitini yengillashtirish uchun ushbu mexanizmga qo‘shilishga taklif qilingan.
Turkmaniston-Eron chegarasi Eronda koronavirus tarqalishi sababli fevral oxirida yopilgandi. Bu Turkmanistonda aksariyat Erondan import qilingan meva va sabzavotlar narxining keskin oshishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025