Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
62ta davlat pandemiya manbalarini aniqlash bo‘yicha tergov o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Avstraliya va Yevropa ittifoqining koronavirus manbalarini aniqlash maqsadida mustaqil tergov o‘tkazish g‘oyasini 62 davlat qo‘llab-quvvvatladi.
Bu haqda Avstraliyaning AVS telekompaniyasi ma'lum qildi.
Bu qo‘llab-quvvatlov Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Jyenevada 18 mayda ochiladigan assambleyasi arafasida yangradi va uni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlar tobora ko‘paymoqda.
Yevropa davlatlari va Avstraliya Yevropa ittifoqining “koronavirus pandemiyasiga JSST tomonidan muvofiqlashtirilgan xalqaro javob choralarining xolis, mustaqil va har tomonlama baholanishi”ga chaqiruvchi taklifini qo‘llab-quvvatlashda sa'y-harakatlarini birlashtirishdi.
Bu taklifda Xitoy yoki koronavirus tarqalishi boshlangani ta'kidlab kelinadigan Uhan shahri yodga olinmagan. Biroq, Avstraliya hukumatidagi manbalarning ma'lum qilishicha, Yevropa ittifoqining taklifidagi talablar tegishlicha va batafsil tergovni ta'minlash uchun yetarlicha qat'iy bildirilgan.
Ushbu bosqichda bu taklifni Xitoy ham, AQSh ham qo‘llab-quvvatlamagan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025