Jahon | 01:41 / 17.05.2020
10658
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshlaydi

Sinovlar Dolxauzi universitetining vaksinologiya markazida o‘tkaziladi. 

Foto: REUTERS

Kanada sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi vaksinani dastlabki sinovdan o‘tkazishni ma'qulladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo ma'lum qildi.

"Kanada sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi salohiyatli vaksinani dastlabki sinovdan o‘tkazishni ma'qulladi", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar Dolxauzi universitetining vaksinologiya markazida o‘tkaziladi. 

"Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, vaksinani ishlab chiqaramiz va mamlakatimizga tarqatamiz", - deb ta'kidladi u.

Kanadada bugungi kunda koronavirusga chalinganlar soni 75 mingdan oshgan, 5,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Avvalroq amerikalik olimlar koronavirusga davo topishganini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid