Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2746taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 5 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 17 may soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2746 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Bugun hozircha jami 8 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi kasallanish holatlari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 81 foizni tashkil qilib, 2245 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay forig‘ bo‘ldi.
«Qolgan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021