Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 3,5 milliondan ko‘proq bo‘lishi mumkinligi aytildi
Shu bilan bir vaqtda Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru shahar va regionlar rahbarlarining o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimini kiritish va do‘kon hamda restoranlarni yopish to‘g‘risidagi iltimoslarini rad etib kelmoqda.
Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 3,5 milliondan ortiq bo‘lishi mumkin. Bu haqda San-Paulu universiteti tibbiyot maktabi xodimi Domingo Alves aytdi, deb xabar bermoqda The Sun.
Uning qayd etishicha, Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra mamlakatda kasallik yuqtirganlar 241 mingga yaqin deyilsa-da, aslida ularning soni bundan 15 marta ko‘p bo‘lishi mumkin.
Bu xususan, Braziliyada koronavirusni aniqlash uchun testlar yetarlicha miqdorda o‘tkazilmayotganligi bilan bog‘liq. Mamlakatda koronavirusga test topshirganlar soni o‘tgan haftada 338 mingga yaqin bo‘lgan. Italiya, Ispaniyada esa 2 millionga yaqin kishi test topshirgan.
Nashrning qayd etishicha, Braziliya koronavirus bilan bog‘liq o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turibdi, rasmiy statistikaga ko‘ra, 16 ming kishi vafot etgan.
Shu bilan bir vaqtda Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru shahar va regionlar rahbarlarining o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimini kiritish va do‘kon hamda restoranlarni yopish to‘g‘risidagi iltimoslarini rad etib kelmoqda. Buning ustiga, aholini mahalliy hokimiyatlarning cheklovlariga e'tibor qilmaslikka chaqirmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘liq izolyatsiya koronavirusdan ham xavfliroq bo‘lgan ishsizlik, qashshoqlik va ocharchilik o‘sishiga olib keladi.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025