Jahon | 16:11 / 18.05.2020
2230
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada xalqaro reyslarni qabul qiladigan aeroportlar ro‘yxati kengaytirildi

O‘tgan haftada beshta aeroport - Madrid, Barselona, Gran-Kanariya, Malaga va Palma-de-Mayorka aeroportlariga xorijdan reyslarni qabul qilishga ruxsat berilgandi. 

Foto: CC BY 2.0 / Iberia Airlines /

Ispaniya hukumati xorijdan keladigan reyslarni qabul qiluvchi aeroportlar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda mamlakat transport vaziri Xose Luis Abalos ma'lum qildi.

O‘tgan haftada beshta aeroport - Madrid, Barselona, Gran-Kanariya, Malaga va Palma-de-Mayorka aeroportlariga xorijdan reyslarni qabul qilishga ruxsat berilgandi. 

Ammo mahalliy hukumatlarning bosimi ostida transport vazirligi ro‘yxatni kengaytirishga rozi bo‘ldi.

"Alikante, Valensiya, Tenerife-Janub, Fuerteventura, Lansarote, Sevilya, Ibitsa va Menorka aeroportlarini ham jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasida xalqaro favqulodda vaziyatlar uchun xizmat ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi nuqtalar sifatida ro‘yxatga kiritdik", - deb yozdi transport vaziri Twitter sahifasida.

Xorijdan keladigan barcha yo‘lovchilar tibbiy nazoratdan o‘tishlari shart. Bundan tashqari, 15 maydan boshlab xorijdan keladiganlar ikki haftalik karantinga joylashtiriladi. 

Ispaniyada havo va dengiz chegaralaridan o‘tish qoidalari 23 martdan qat'iylashtirilgan va cheklov choralari 24 maygacha  uzaytirilgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid