Jahon | 08:00 / 18.05.2020
27313
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada koronavirusdan o‘limlar bo‘yicha antirekord qayd qilindi

Moskvada so‘nggi sutkada koronavirusdan 77 kishi vafot etdi. Bu Rossiya poytaxtida epidemiya boshidan beri bir kun ichida qayd qilingan eng ko‘p o‘lim holatidir. 

Foto: RIA Novosti

Bu boradagi avvalgi antirekord 15 may kuni qayd qilinib, vafot etganlar 74 nafarni tashkil qilgandi. 16 may kuni esa shaharda koronavirusdan 71 kishi vafot etgan.

Rossiya poytaxtida koronavirus qurbonlari umumiy soni 1580 nafargacha yetdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlarni yarmidan ko‘pi Moskvaga to‘g‘ri kelmoqda. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 281,7 mingga yetgan bo‘lsa, ulardan 142,8 ming nafari Moskvada aniqlangan. Tezkor shtab ma'lumotlariga ko‘ra, Moskvada 113,8 ming kishi koronavirusdan davolanmoqda, 27,4 mingdan ko‘proq kishi sog‘ayib ketgan. 

Shuningdek, so‘nggi sutkada Rossiya poytaxtida koronavirusga chalingan 3855 kishi aniqlangan. Bundan bir kun avval Moskva rahbariyati 30 apreldan beri shaharda yangi kasallanish holatlari eng kam bo‘lganini ma'lum qilgandi: 16 may kuni shaharda 3505 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.

Rossiya bo‘yicha qatorasiga 2 kundan beri 10 mingdan kamroq yangi kasallanish holati qayd etilmoqda. 17 mayda kasallanganlar soni 9,7 mingni tashkil qilgan. “O‘rtacha hisobda Rossiyada koronavirusdan o‘lim holatlari dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 7,6 marta, Moskva bo‘yicha esa 6,8 marta kamroq”, deb ma'lum qilgan bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid