Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Ramazon hayitini uyda nishonlashni so‘radi
Hozirda Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda bu kasallikni yuqtirganlar 290 mingdan oshgan, 2,7 ming kishi vafot etgan.
Rossiya prezidenti Dog‘iston rahbariyati va jamoat vakillari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirus tarqalishi sababli musulmonlardan Ramazon hayitini uyda nishonlashni so‘radi.
Uning qayd etishicha, Dog‘istonda bu bayramga chin dildan yondashishlarini va urf-odatlarni e'zozlashlarini qayd etdi.
«Ruhoniylar islomga e'tiqod qiluvchilarni hozirgi davrda bu bayramni uyda nishonlash, jamoaviy namozlar va do‘stlar davrasida nishonlash an'anasidan voz kechishga chaqirayotganlarini bilaman», — dedi Putin.
U «ularning bu chaqirig‘iga albatta quloq solinishi»ga umid bildirdi.
Putin musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi 23 mayda nihoyasiga yetishini eslatib o‘tdi.
Hozirda Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda bu kasallikni yuqtirganlar 290 mingdan oshgan, 2,7 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025