Jahon | 09:19 / 18.05.2020
6650
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp maslahatchisi Xitoyni koronavirusni sayyohlar orqali tarqatishda aybladi

Xitoy hukumati koronavirus pandemiyasi oldini olishi mumkin edi, biroq kasallanish ko‘lami haqidagi ma'lumotni yashirgan va o‘z sayyohlariga koronavirusni butun dunyoga tarqatishga ijozat bergan. Bunday fikrni AQSh prezidenti maslahatchisi Piter Navarro bildirdi.

Foto: Drew Angerer/Getty Images

Oq uyning savdo siyosati bo‘yicha maslahatchisining ta'kidlashicha, Xitoy virus haqidagi ma'lumotlarni 2 oy davomida yashirgan va yuz minglab xitoylik sayyohlarning virusni butun dunyo bo‘ylab yoyishiga yo‘l qo‘ygan. Bu haqda ABC News telekanali xabar berdi.  

“Uhanda nolinchi bemor noyabrda paydo bo‘lgan. Xitoyliklar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti himoyasi ortiga berkinib, 2 oy virusni butun dunyodan yashirgan, so‘ngra virusni yoyish uchun yuz minglab xitoyliklarni samolyotlarda Milan, Nyu-York va butun dunyoga jo‘natgan”, deb ta'kidlagan Navarro.

Uning fikricha, Xitoy hukumati “virusni Uhandayoq to‘xtatishi mumkin edi, biroq buning o‘rniga barchasi pandemiyaga aylanib ketdi”. “Mana men nima uchun xitoyliklar amerikaliklar bilan buni qildilar, deb aytmoqdaman va ular bu uchun javob berishlari kerak”, deb o‘z so‘zlarini nihoyalagan Tramp maslahatchisi.

Navarro Xitoyni nafaqat ma'lumotlarni yashirishda ayblagan. Avvalroq, aprel oxirida u Xitoy koronavirusga sifatsiz testlar yetkazib, foyda olayotganini aytgan.  

Bu orada AQSh ichki xavfsizlik vazirligida Xitoy virus tarqalishi ko‘lami va uning xavfliligini yashirganlikda ayblangan. Jumladan, Xitoy virus bilan bog‘liq vaziyat jiddiymasligini ta'kidlab, himoya vositalari va dorilar jamlash uchun ular importini oshirgan va eksportini kamaytirgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid