«Bu elektr kabi bazaviy ehtiyoj ekanini tushunishimiz kerak» - Tadbirkor internetning ishdagi muhimligi haqida
GroundZero taniqli tadbirkor, SAP CIS kompaniyasining biznesni rivojlantirish direktori, Top Contact, Book Café loyihalari asoschisi Laziz Adhamov bilan suhbat uyushtirdi. Laziz Adhamov karantinning biznesga ta'siri haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Dunyoning turli burchaklarida karantin turlicha o‘tmoqda. Book café misolida olinadigan bo‘lsa, biznes to‘xtab qoldi. Boshqa joydan keladigan pul oqimi bo‘lgani uchun, katta ehtimol bilan qayta ochamiz va u ishlashda davom etadi.
Xarajatlari katta bo‘lgan tarmoq kompaniyalari qanday jon saqlab qolishi mumkinligini bilmayman. Koll-markazni bir hafta mobaynida masofadan ishlashga o‘tkaza oldik. Bu biznesni qayta o‘ylab chiqish imkonini beradi: bizga katta ofislar kerakmikin? Ehtimol keyingi biznes model bundan keyin ham bilimlarni yetkaza olib, barcha bilan masofadan turib ishlay olish ko‘rinishida bo‘lar?
Operatsion va kapital xarajatlarimiz kamroq bo‘ladi. Mana shu yerda ekotizimdagi mavjud kamchiliklar namoyon bo‘ladi: O‘zbekiston internet bo‘yicha 180 mamlakat ichida eng yomon mamlakatlar o‘ntaligida ekani seziladi. Toshkentdan tashqarida internet umuman mavjud emas. Biz o‘qituvchi dars berish uchun tomga chiqib, signalni ushlashga harakat qilayotgani haqidagi rolikni ko‘rdik. Bu dahshat. Shu ma'lum bo‘ldiki, xodimlarimizning uchdan bir qismi - Nazarbek yoki Toshkent viloyatidan ofisga kelib, operator bo‘lib ishlaydigan ayrim xodimlarimiz endilikda ishlay olishmaydi. U yerda internet yo‘q», deydi Laziz Adhamov.
Tadbirkor O‘zbekistonda frilansing rivojlanishi uchun internet muhimligini ta'kidladi.
«Yaqinda O‘zbekistonda frilansing bo‘lishi, uni rivojlantirish kerakligi haqida suhbat bo‘lgandi. Internetingiz bo‘lmasa, qanday frilansing bo‘lishi mumkin?
IT-mutaxassisi sifatida odamlar nima deyishlaridan qat'i nazar shuni aytishim mumkin. Agar hozir mamlakat tinim bilmay ishlasa va milliardlab pullarni investitsiya qilsa, bizda internet 2022 yilning oxirida bo‘lishini tan olishimiz kerak.
Hammamiz uchun internet uydagi issiq va sovuq suv, kanalizatsiya, elektr kabi bazaviy ehtiyoj ekanini tushunishimiz kerak. Internet ham elektrga o‘xshagan narsa. U mavjud bo‘lishi kerak. Bu biz talab qilishimiz va davlat ta'minlashi kerak bo‘lgan narsa. Ular tomonidan ushlab turilgan tushunarsiz monopoliya rivojlanishimizga imkoniyat bermaydi», deydi Adhamov.
To‘liq suhbatni Ground Zero’ning Youtube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid

20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi

08:41 / 06.11.2020
O‘zbekistonda talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi

13:52 / 02.11.2020
Starlink internetining tezligi raqobatchilaridan 4 barobar yuqoriligi ma'lum bo‘ldi

20:29 / 29.10.2020