Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar atipik zotiljamni boshdan o‘tkazganlarga koronavirus qo‘rqinchli hisoblanmasligini ma'lum qilishdi
2003 yilda avj olgan o‘tkir respirator sindrom SARS’ni boshdan o‘tkazganlarga SARS-CoV-2 koronavirusi qo‘rqinchli hisoblanmaydi. Bu haqda Nature nashrida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, inson organizmida atipik zotiljamdan keyin ishlab chiqilgan antitanalar yangi turdagi koronavirusni tabiiy holda bloklay oladi. Bu esa ushbu antitanalar viruslarga qarshi dori vositalari va vaksinalar ishlab chiqilishiga xizmat qilishi mumkinligini anglatadi.
Olimlar buni aniqlash maqsadida laboratoriya sharoitida tajriba o‘tkazishgan. Ular 17 yil avval SARS‘ni boshdan o‘tkazgan odamdan monoklon antitanalarning bir nechta turini olishgan. Aniqlanishicha, ulardan bir nechtasi SARS-CoV-2 koronavirusi bilan bog‘lanib, organizmni zararlanishdan himoyalay oladi. Olimlarning fikricha, bir nechta antitana kombinatsiyasi koronavirusning turli mutatsiyalarini yengishda yordam berishi mumkin.
Endi koronavirusdan dori topilganiga ishonch hosil qilish uchun odamlarda tadqiqotlar o‘tkazish lozim bo‘ladi.
SARS epidemiyasi 2002-2003 yillarda yuz bergan. Unga chalinish holatlari 29 ta davlatda, eng ko‘p Xitoyda qayd qilingan. Hammasi bo‘lib virusga chalinish bo‘yicha 8098 ta holat qayd qilingan, ulardan 774 tasi o‘lim bilan yakunlangan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda yangi turdagi koronavirusga dunyoda 4,8 mlndan ko‘proq odam chalingan, 318 mingdan ko‘proq odam undan vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021