Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati xalqaro standartlarga yetkaziladi
Prezidentning 18.05.2020 yildagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.
Norma’ning yozishicha, farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Respublikada organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”;
2020-2025 yillarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi yerlarida bosqichma-bosqich organik ishlab chiqarishga o‘tishning prognoz ko‘rsatkichlari;
2020-2025 yillarda maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) xalqaro standarti talablari bo‘yicha sertifikatlanadigan yer maydonlarining asosiy eksportbop ekin turlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari;
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi korxonalari va klasterlari tomonidan organik paxta xomashyosi yetishtirish hamda organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
Respublika hududlarida agroekoturizm jozibadorligini yanada oshirish uchun organik bozorlar va restoranlar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organ etib belgilandi. Unga quyidagi huquqlar berildi:
barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, hokimliklar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va tadbirkorlardan organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi zaruriy ma'lumotlarni olish;
organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish va sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub'yektlari faoliyatining ekvivalentligini baholash va avtorizatsiyalash tizimini yaratish.
Organik qishloq xo‘jaligiga o‘tkazilgan yer uchastkalarida ekinlarni joylashtirish organik standart talablarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan almashlab ekish sxemalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Bunda ekinlarni joylashtirishda davlat aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
2020 yil 1 oktyabrga qadar “Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi;
Toshkent davlat agrar universitetida “Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash” yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanadi. Ushbu yo‘nalishda talabalar qabul qilish 2021-2022 o‘quv yilidan boshlanadi;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi tashkil etiladi;
2021 yil 1 yanvarga qadar qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida mavjud laboratoriyalar zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlanadi va birlamchi organik urug‘ yetishtiruvchi xo‘jaliklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
2020 yil 31 dekabrga qadar “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi qoshida Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq kompleks sinov laboratoriyasi majmuasini tashkil etish choralari ko‘riladi. Majmua Jahon bankining qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha kredit mablag‘lari hisobidan barpo etiladi.
Shuningdek, farmon uning qoidalarini amalga oshirish uchun tegishli vazirlik va idoralarga berilgan qator topshiriqlarni o‘z ichiga olgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

12:24 / 06.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

15:49 / 01.04.2025
Bekobodlik fermerlar “yorildi”

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

14:29 / 10.03.2025