Jahon | 23:13 / 20.05.2020
7492
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Fors ko‘rfazida o‘z kemalariga 100 metrdan yaqinroqqa keladigan kemalarga kuch qo‘llashidan ogohlantirdi

AQSh harbiy-dengiz kuchlari o‘z harbiy kemalariga Fors ko‘rfazi, Arabiston dengizi va Ummon ko‘rfazida 100 metrdan yaqinroqqa keladigan o‘zga kemalarga kuch qo‘llash bilan tahdid qildi.

Tegishli ogohlantirish ushbu mintaqada AQSh va Eron kemalari ishtirokida yuz bergan mojaroli vaziyatlardan keyin AQShning geomakon razvedkasi milliy agentligi tomonidan e'lon qilindi.  

“Yaqinda yuz bergan voqealar sababli xavfsizlikni oshirish, noaniqlikni minimallashtirish va xato ehtimolini kamaytirish maqsadida barcha kemalar xalqaro suv va ko‘rfazlarda AQSh harbiy kemalaridan 100 metrdan kam bo‘lmagan xavfsiz masofani saqlashi kerak. AQSh harbiy kemalariga 100 metrdan yaqinroqqa kelgan harbiy kemalar xavf deb qabul qilinib, ularga nisbatan mudofaa choralari qo‘llanishi mumkin”, deyilgan xabarda.

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining beshinchi floti matbuot xizmati 15 aprelda Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi harbiy katerlari Fors ko‘rfazida AQSh jangovar kemalari yaqinida xavfli harakatlar amalga oshirganini ma'lum qilgan. Shundan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp harbiy-dengiz kuchlariga Eronning AQSh kemalariga to‘sqinlik qiluvchi har qanday kemasini yo‘q qilishga ko‘rsatma bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid