Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda besh kun ichida ikkinchi qiruvchi samolyot halokatga uchradi
15 may kuni Eglin aviabazasi yaqinida beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samolyoti qulab tushgan, uchuvchi kasalxonaga yotqizilgandi.
AQSh harbiy-havo kuchlariga qarashli beshinchi avlod F-35A Lightning II qruvchi samolyoti mashg‘ulotdan keyin qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Uchuvchi katapulta yordamida samolyotni tark etishga ulgurgan va kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar bermoqda The Drive.
Hodisa 19 may kuni Floridadagi Eglin aviabazasida yuz bergan. Voqea tafsilotlari oshkor qilinmayapti.
15 may kuni Eglin aviabazasi yaqinida beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samolyoti qulab tushgan, uchuvchi kasalxonaga yotqizilgandi.
Yanvarda Lockheed Martin harbiy-sanoat korporatsiyasi 2024 yildan yiliga 180 dona beshinchi avlod F-35 Lightning II qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarishini ma'lum qilgandi.
F-35 Lightning II qiruvchi samolyotlari 2001 yildan buyon ishlab chiqariladi. Samolyot uch xil variantda: A (harbiy-havo kuchlari uchun), B (qisqa masofaga parvoz qiluvchi va vertikal holda qo‘nuvchi) va C (paluba uchun) taklif etiladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025