Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asadning yaqin qarindoshiga tegishli aktivlar muzlatib qo‘yildi
Suriya prezideti Bashar Asadning tog‘asining o‘g‘li Rami Mahlufga tegishli aktivlar muzlatib qo‘yildi. U mamlakatning eng boy odamlaridan biri ekani aytiladi. Suriya hukumatining bu boradagi hujjati 19 may kuni imzolangan.
Suriya prezidentining onasi tomondan yaqin qarindoshi bo‘lgan Rami Mahluf mamlakatning yirik aloqa operatori Syriatel egasi bo‘lish bilan birga yana qator yirik biznes tarmoqlarini yuritadi. Uning aktivlari 5 milliard, ba'zi manbalarda esa 10 milliard dollarga baholanadi. Mahluf mamlakatga katta miqdorda tamaki va avtomobil import qilish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u mehmonxona biznesi, sug‘urta va energetika sektorida ham katta miqdordagi aktivlarga ega. Fuqarolar urushigacha Mahlufga tegishli kompaniyalar Suriya iqtisodiyotining 60 foizini nazorat qilgani aytiladi.
Mahluf Bashar Asad hukumatga kelgan 2000 yillardan boshlab uning yaqinlaridan biri bo‘lib kelgan. 2008 yil AQSh Mahlufni Asad oilasining korrupsion yo‘l bilan orttirgan aktivlarini saqlovchi shaxs ekanini iddao qilib, unga nisbatan sanksiya qo‘llaydi.
«Meduza»ning The Times`ga asoslanib yozishicha, 2019 yilda Bashar Asad hamda Rami Mahluf o‘rtasida kelishmovchilik boshlanadi. Britaniya nashriga ko‘ra, o‘shanda Rossiya Asaddan kredit bo‘yicha bir necha milliard dollarni qaytarishni so‘raydi. Suriya prezidenti esa bu borada qarindoshi Mahlufga murojaat qilib, rad javobini oladi.
Keyinchalik o‘zining feysbukdagi sahifasida videomurojaat yo‘llagan Mahluf hukumat Syriatel`dan budjetga 185 million dollar to‘lashni va uning o‘zidan rahbarlikdan ketishini talab qilayotganini aytgandi. Taxmin qilinishicha, Suriya hukumatida urush sabab yuzaga kelgan iqtisodiy muammo fonida Asad va Mahluf o‘rtasidagi kelishmovchilik jiddiylashgan. Oktabr oyida Bashar Asad xususiy sektor vakillarini «iqtisodiyotni yemirishda» ayblab, ular barcha pullarni qaytarishi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025