Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha antirekord qayd qilindi
Braziliyada so‘nggi kun ichida koronavirusdan 1179 kishi vafot etdi. Mamlakatda bir kun ichida koronavirusdan vafot etganlar soni ilk bor ming nafardan ko‘proqni tashkil qildi.
Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligida ma'lum qilindi. Bu rekord ko‘rsatkich bo‘lib, avval bu boradagi eng yuqori ko‘rsatkich 12 may kuni qayd qilingan va 881 nafar o‘limni tashkil qilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 271 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar 17983 nafarni tashkil qilmoqda.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru mamlakatda karantin choralari kiritilishiga qarshi chiqib kelmoqda. Bu esa o‘z hududlarida ijtimoiy izolyatsiya rejimini joriy qilgan bir qator shtatlar rahbarlari bilan prezident o‘rtasidagi jiddiy ziddiyatga sabab bo‘lmoqda.
Koronavirus tarqalishiga qarshi choralar borasidagi bahslar sababli Bolsonaru bir oy avval sog‘liqni saqlash vaziri Enrike Mandettuni bo‘shatib yuborgan edi. Yangi vazir Nelson Teyx esa yangi lavozimda bir oy ham ushlanmay, iste'foga chiqib ketdi. Hozir sog‘liqni saqlash vaziri vazifalarini bungacha vazir o‘rinbosari lavozimini egallagan general Eduardo Pazuello bajarmoqda.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025