Katta dardni ko‘targan murg‘ak yuraklar – qon xastaligi bilan kurashayotganlar ko‘mak kutmoqda
Dardning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ammo shunday dardlar borki, kichik jussalar uchun juda kattalik qiladi. Ular bilan kurashish uchun mustahkam iroda, sabr bilan birga ozmuncha bo‘lmagan moliyaviy resurslar ham talab etiladi.
Kun.uz’ning navbatdagi xayriya aksiyasi qon kasalliklari bilan kurashayotgan murg‘ak bolalar taqdiriga bag‘ishlangan. Ko‘pchilikning moliyaviy ahvolini yanada taranglashtirgan karantin davrida ularga va yaqinlariga yaxshilar ko‘magi har doimgidan ham zarur.
9 yoshli andijonlik Rohatoy Yusupjonovaga aplastik kamqonlik tashxisi qo‘yilgan. Har uch oyda davolatish – kimyoterapiya muolajalari va dori-darmonlar katta mablag‘ talab etadi. Bir muolaja kursi uchun 30 mln so‘m kerak. Otasi Maqsudbek Yo‘ldoshev Rossiya davlatida ishlab, daromad topardi, hozirgi karantin tufayli ishsiz. “Qo‘limizdagi bor mablag‘ni dori-darmonga ishlatib bo‘ldik. Hozir yana muolaja vaqti kelib qolyapti. Nima qilishni bilmayapmiz”, deydi bemorning otasi.
Rohatoy Yusupjonovaga tegishli ma'lumotlar:
UzCard: 8600 3329 3571 3168 (otasi Maqsudbek Yo‘ldoshev nomida)
Visa: 4231 2000 0082 2485 (otasi Maqsudbek Yo‘ldoshev nomida)
Sberbank: 5469 7500 1251 0411 (Svetlana Viktorovna G. nomida)
Telefon raqami: +998934257210
Endigina 3 yoshni qarshilayotgan Sarvinoz Nosirovaga ikki oy avval o‘tkir limfoblast leykoz tashxisi qo‘yilgan. Chust tumanidan kelib, Gematologiya va qon quyish institutida davolanmoqda. Bitta muolaja kursi uchun o‘rtacha 40 mln so‘m xarajat ketadi. Bunday muolaja kursidan 3 marta olish kerak. Onasi ishsiz, 9 oylik go‘dagini qarindoshlar qo‘lida qoldirib, Sarvinozning yonida bo‘lishga majbur. Otasi Ilhomjon Yunusov oshpazlik bilan ro‘zg‘or tebratadi. Oila jigarbandining tuzalishi uchun yaxshilar ko‘magidan umidvor.
Sarvinoz Nosirovaga tegishli ma'lumotlar:
UzCard: 8600 0609 0396 3610 (onasi Madina Imomaliyevaning nomida)
Sberbank: 4276 4000 7942 1799 (otasi Ilhomjon Yunusov nomida)
Telefon raqami: +998993925707
Tahririyatga murojaat qilgan qumqo‘rg‘onlik Azamat To‘xtashev mushkul ahvolda qolgan. Katta farzandi Anvarxo‘ja Abramatov 17 yoshda. 15 yildirki, 2-guruh nogironi – gemofiliya tashxisi bilan Gematologiya va qon quyish institutida davolanib keladi. Har sakkiz soatda dori qabul qilib turishiga to‘g‘ri kelyapti. Ustiga-ustak, oilaning kenjasi – 2 yashar Durdonaxonda ham o‘rta og‘irlikdagi anemiya tashxisi qo‘yilgan. Qizaloqning davolanishi uchun 20 mln so‘m mablag‘ kerak. Oila ikki nafar farzandining muolajasi uchun Toshkentda ijarada yashashga majbur. Moddiy jihatdan qiynalib qolishgan.
Anvarxo‘ja va Durdonaxon Abramatovlarga tegishli ma'lumotlar:
UzCard: 8600 0424 4242 7232 (Anvarxo‘ja Abramatov nomida)
Visa: 4097 8211 0070 7806 (otasi Azamat To‘xtashev nomida)
Telefon raqami: +998933787480
Xatirchilik Og‘abek Ismatullayev 2-sinf o‘quvchisi. Shu yilning aprel oyida unga o‘tkir miyeloblastik leykoz tashxisi qo‘yilgan. Bemor kamida 4-6ta muolaja kursi olishi kerak. Kursning bittasi uchun 25-30 mln so‘m talab etiladi. “Qarindoshlar bilan 10 mln atrofida yig‘ib kelgandik. Hozir olayotgan muolajasining o‘ziga ham 10-15 mln kerak bo‘lyapti. Ancha qarz ko‘tardik. Hali keyingi muolaja kurslarini nima qilishni o‘ylab ko‘rganimiz yo‘q... Saxovatpeshalar qo‘llaridan kelgancha Alloh roziligi uchun yordam berishidan umidvormiz”, deydi bemorning otasi Oybek To‘xtashev.
Og‘abek Ismatullayevga oid ma'lumotlar:
UzCard: 8600 0423 1723 0018 (otasi Oybek To‘xtashev nomida)
Visa: 4278 3100 2019 5483 (otasi Oybek To‘xtashev nomida)
Humo: 9860 0303 1500 4587 (otasi Oybek To‘xtashev nomida)Telefon raqami: +998934318782
Yuqorida ma'lumotlari keltirilgan bemorlar va ularning yaqinlari davolanishdan umidvor. Bunga esa siz-u bizning oz bo‘lsa-da, hissamiz qo‘shilishi mumkin. Har birimizdan berilgan kichik mablag‘ ham to‘planib, ularning mushkulini oson qila oladi. Ilinj bilan murojaat qilgan hamyurtlarimizning taqdiriga befarq bo‘lmaylik. Yaxshilik izsiz ketmaydi.
Saodat Abdurahmonova tayyorladi.
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024