Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2939taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 12 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 20 may soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2939 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 7tasi oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar bilan bog‘liq.
Shuningdek, xorijdan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan 5 kishida virus aniqlangan.
Bugun kun davomida 84ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 34 bemor tuzaldi.
Shu vaqtgacha 2372 kishi koronavirusdan butunlay sog‘aydi, ayni vaqtda shifoxonalarda 554 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021