Daniya ulkan sun'iy orollar qurmoqchi
Orollarning har birida ikki gigavattdan elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu hozirda Daniyadagi barcha uy xo‘jaliklari iste'mol qiladigan elektr energiyasi miqdoridan ko‘proqdir.
Daniya iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash dasturi doirasida ikkita ulkan sun'iy orol qurish va ularda shamol elektr stansiyalarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Handelsblatt nashri xabar berdi.
Orollar Shimoliy va Boltiq dengizlarida quriladi. Daniyaning iqlim, energetika va qurilish masalalari bo‘yicha vaziri Dan Yorgensenning so‘zlariga ko‘ra, loyiha qiymati bir necha yuz milliard daniya kronasiga teng bo‘ladi.
Mamlakat hukumatining rejasiga ko‘ra, loyiha xususiy investorlar tomonidan moliyalashtiriladi. Agarda davlat ham orollar qurilishga hissa qo‘shadigan bo‘lsa, uning ulushi juda kam bo‘ladi, deb yozadi Reuters.
Qirollik iqlim vazirligining ma'lumot berishicha, orollarning har birida ikki gigavattdan elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu hozirda Daniyadagi barcha uy xo‘jaliklari iste'mol qiladigan elektr energiyasi miqdoridan ko‘proqdir. Mamlakat hukumati ortiqcha energiya Yevropaning boshqa mamlakatlariga eksport qilinishini bildirdi.
Daniya 2030 yilga kelib is gazi ajralib chiqishini 1990 yildagiga nisbatan 70 foizga kamaytirishni maqsad qilgan. Kopenhagen yashil texnologiyalarni rivojlantirish uchun katta mablag‘ sarflamoqda.
Mavzuga oid

18:44 / 02.04.2025
WP: Oq uy Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi xarajatlarini baholamoqda

09:30 / 29.03.2025
Vens Daniya hukumatini Grenlandiyani Rossiyadan «yetarli himoya qilmayotgani» uchun tanqid qildi

08:28 / 29.03.2025
Daniya AQSh vitse-prezidentining Grenlandiya bo‘yicha tanqidini rad etdi

18:26 / 26.03.2025