Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrid Ispaniya hukumatini cheklov choralarini yumshatishga ruxsat bermagani uchun sudga bermoqchi
18 maydan qirollikning aksariyat joylarida pandemiya sababli kiritilgan cheklov choralarini yumshatishning yangi bosqichiga o‘tildi.
Madrid avtonom hamjamiyati hukumati pandemiya sababli kiritilgan cheklovlarni yumshatishning keyingi bosqichiga o‘tishga ruxsat bermagani uchun Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligining qarori ustidan oliy sudga shikoyat qiladi. Bu haqda El Pais gazetasi xabar bermoqda.
Madrid dastlab 11 maydan, so‘ngra 18 maydan cheklov choralarini yumshatishning keyingi bosqichiga o‘tishni so‘ragandi, ammo bu so‘rovlar markaziy hukumat tomonidan rad etildi. Ispaniyada aynan ushbu region pandemiyadan eng ko‘p jabr ko‘rgan hudud hisoblanadi.
Oqibatda avtonomiya hukumati oliy sudga murojaat etishga qaror qildi.
18 maydan qirollikning aksariyat joylarida pandemiya sababli kiritilgan cheklov choralarini yumshatishning yangi bosqichiga o‘tildi. Ushbu bosqichda yaqin kishilar bilan uchrashishga, ma'lum bir cheklovlar asosida qahvaxona va barlarning ayvonlari, mehmonxona va muzeylarni ochishga ruxsat berildi. Ammo yangi bosqichga na Madrid, na Barselona o‘tdi.
Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 232,5 mingdan oshgan, 27 888 kishi vafot etgan. Kasallik tarqalish sur'ati pasayib borayotganligi bois Ispaniya hukumati cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlamoqda.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
18:21 / 18.05.2025