Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Kolumbiya prezidentini Venesuelaga koronavirus tarqatishga urinishda aybladi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro kolumbiyalik hamkasbi Ivan Dukeni Venesuelaga koronavirus tarqatmoqchi bo‘layotganlikda aybladi.
U bu haqda Karakasdagi chiqishi vaqtida ma'lum qilgan.
“Bugun Kolumbiya va Braziliyadan qaytgan 67 venesuelalikda virus borligi qayd qilindi. Ular mamlakatga kirib, uni Ivan Duke istayotgandek zararlashmoqda. U Venesuelaga virusni yoyish uchun barcha ishni qilishni buyurgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Maduro.
Uning ta'kidlashicha, kolumbiyaliklar mamlakatga qaytayotgan venesuelaliklarga “kekslar solingan sumkalar” sovg‘a qilgan.
“Ularning aytishicha, ular Kali, Bogota, Medelinni sog‘-salomat tark etganlar, o‘z oilalaridan tashqari boshqa hech kim bilan muloqot qilishmagan. Shu sababli ularning fikricha, ularni avtobusda zararlashgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Maduro.
Venesuelada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holatlar haqida 13 mart kuni ma'lum bo‘lgan. O‘sha kuniyoq mamlakatda favqulodda vaziyat rejimi kiritilgan, 17 martdan esa butun mamlakat bo‘ylab karantin joriy qilingan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 824 nafarni tashkil qilmoqda, undan 10 kishi vafot etgan, 262 kishi sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
21:42 / 10.01.2025
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma’lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
17:28 / 08.01.2025