Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaga keladiganlar ikki haftalik karantinga joylashtiriladi
Mamlakat ichki ishlar vaziri Priti Patel Patel ushbu choralar koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qabul qilinganini aytdi.
8 iyundan boshlab Buyuk Britaniyaga keladigan barcha shaxslar ikki haftalik karantinni o‘tashlari kerak bo‘ladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Priti Patel ma'lum qildi.
"Barcha xorijdan keladiganlar 14 kunlik karantinni o‘tashlari shart. Yangi qoida 8 iyundan kuchga kiradi", - dedi Patel.
Britaniya chegarasini kesib o‘tayotganlar o‘zlarining aloqa ma'lumotlarini qoldirishlari lozim bo‘ladi. Karantinga rioya qilinishini nazorat qilish uchun tekshiruvlar o‘tkaziladi. O‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish rejimini buzganlik uchun jarima ming funt sterlingni tashkil etadi.
Patel ushbu choralar koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qabul qilinganini aytdi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 254 mingdan oshgan, 36,3 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025