Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Perudagi shaharcha meri karantinni buzgani uchun jazodan qochish maqsadida o‘zini o‘lganga soldi
Perudagi Tantara shaharchasi meri Xayme Ronaldo Urbina Torres koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan komendantlik soati va boshqa karantin choralarini buzgani uchun jazodan qochishga urinib, o‘zini o‘lganga soldi.
Comercio mahalliy nashrining yozishicha, mer do‘stlari bilan spirtli ichimliklar ichib o‘tirgani kuzatilgan. Ulfatlarning barchasi shaxsiy himoya vositalarisiz bo‘lgan va ijtimoiy masofaga amal qilmagan.
Mer oldiga politsiya xodimlari tekshiruv bilan kelganda, u do‘stlari bilan koronavirusdan o‘lgandek ko‘rinish maqsadida tobutga yashirinib olmoqchi bo‘lgan. Natijada esa politsiyachilar g‘alati holat guvohi bo‘lishgan: tobutda o‘lik kabi qimirlamay yotgan mer nimagadir himoya niqobida bo‘lgan. Bu ularda shubha uyg‘otgan.
Nashr mer va uning do‘stlari ulfatchilik qilgan joyda ochiq tobut qayerdan kelib qolganiga aniqlik kiritmagan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
18:01 / 25.04.2025
Peruda 5 ming yillik mumiyo topildi
17:50 / 16.04.2025