Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Samarqandda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 11 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Joriy yil 23 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3089 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining ikkitasi xorijdan kelganlar bilan bog‘liq. Dubay-Toshkent yo‘nalishidagi charter reysda kelgan 1 kishida va Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida virus aniqlangan.
Yana 9 holatda aholi orasida virus qayd etilgan, jumladan, 2 holatda Toshkentda, 7 holatda esa Samarqandda aholi orasidan aniqlandi.
Bugun hozircha 53ta yangi zararlanish holati aniqlandi va 33 bemor sog‘aydi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 2525 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi. Hozirda shifoxonalarda 551 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021