Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernogoriya Yevropada koronavirusga chalinganlar to‘liq sog‘aygan ilk davlat bo‘ldi
Chernogoriyada 20 kundan beri koronavirusga chalinishning yangi holatlari qayd etilmayapti. Shuningdek, mamlakat koronavirusga chalingan barcha fuqarolari sog‘ayib ketgan Yevropaning birinchi davlati bo‘ldi.
Bu haqda Chernogoriyaning jamoat sog‘lig‘ini saqlash instituti tvitterda ma'lum qilgan.
“Rasman: ayni vaqtda Chernogoriyada koronavirusga chalinish holatlari mavjud emas. Chernogoriyada birinchi holat qayd qilingandan 68 kun o‘tib koronavirusga chalingan birorta bemor yo‘q”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, 24 may kuni mamlakatda koronavirusni tekshirish uchun olingan 140 namunaning tahlili yakunlangan, ular orasida birorta musbat natija qayd qilinmagan.
Aholisi 630 ming kishilik Chernogoriya Yevropaning koronavirus yetib borgan oxirgi davlati bo‘lgandi. Mamlakatda ilk kasallanish holati 17 mart kuni qayd qilingan. Shu vaqt ichida mamlakatda umumiy hisobda 324 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 9 kishi vafot etgan, 315 kishi sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
12:12 / 04.01.2025
Chernogoriya shov-shuvli qotillikdan so‘ng qurol haqidagi normalarni kuchaytiradi
10:38 / 02.01.2025