Baxmal tumanidagi sanatoriya yo‘nalishiga o‘rnatilgan blok-post xizmati to‘satdan tekshirildi
Okrug qo‘mondonligi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, “noqonuniy qurollangan kichik guruh” yengil avtomobilda harakatlanib, vaqtincha tashkil etilgan blok-postni buzib o‘tadi va tezkorlik bilan yashirinadi.
Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi sanatoriya yo‘nalishiga o‘rnatilgan blok-post xizmati to‘satdan tekshirildi. Bu haqda Kun.uz’ga harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma'lum qildi.
Okrug qo‘mondonligi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, “noqonuniy qurollangan kichik guruh” yengil avtomobilda harakatlanib, vaqtincha tashkil etilgan blok-postni buzib o‘tadi va tezkorlik bilan yashirinadi.
Blok-postda navbatchilik qilayotgan harbiy xizmatchilarning to‘siq buzib o‘tilgandan keyingi taktik harakati, ruhiy holati va tezkor tadbirlarni hamkorlikda bajarish amaliyoti ko‘rib chiqildi.
To‘siq buzilganidan so‘ng shaxsiy tarkib ikki guruhga bo‘linib harakatlandi. Jangovar texnikada ta'qibga olingan “noqonuniy qurollangan guruh” mashinasini 20 daqiqadan so‘ng ikkinchi guruh texnikasi pistirmada kutib oldi.
Yengil avtoulov portlashdan keyin izdan chiqib to‘xtadi. Qo‘lga olish guruhi jinoyatchilarni qurolni tashlash haqida ogohlantirdi. Ammo bu foyda bermagach, harbiylar hujumga o‘tdi.
Guruhdan 2 ta AK-74 quroli, 1 ta Makarov pistoleti va portlovchi moddalar ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Bu kabi o‘quv mashg‘ulot ko‘rinishidagi to‘satdan tekshiruv tadbirlari Samarqand va Jizzax garnizonidagi blok-postlarda ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
19:02 / 28.10.2024
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi
18:22 / 18.08.2024
Tergov Shoyguning sobiq o‘rinbosarining boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligini tekshiradi
18:32 / 13.08.2024