Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash yagona onlayn portal orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston prezidenti madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan, 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san'atni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Farmonda belgilanishicha, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:
konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash, lisenziatlarning davlat reyestrini yuritish, ularning faoliyati va erishgan natijalari haqidagi axborotlarni kiritib borish Konsert-tomosha faoliyati ishtirokchilarining yagona onlayn portali orqali amalga oshiriladi;
konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig‘im bekor qilinadi;
davlat organlari va tashkilotlarining asosiY vazifa va funksiyalaridan kelib chiqib, ularning tashabbuslari bilan o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari har yili tasdiqlanadigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalari asosida o‘tkaziladi;
O‘zbekiston Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining kalendar rejalarda nazarda tutilmagan davlat tadbirlarini o‘tkazishni nazarda tutuvchi qarorlarida ushbu tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha buyurtmachilar hamda ularni moliyalashtirish manbalari ko‘rsatiladi;
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning buyurtmalariga asosan ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar yozma va haq evaziga tuziladigan shartnoma asosida taqdim etiladi, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasalari xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bundan mustasno.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi
20:24 / 22.11.2024