Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Andijonda 17 bemor tuzaldi. Jami tuzalganlar soni 2624 nafarga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent va Andijonda koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhlari sog‘aygani to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar hamda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (26 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lsa, yana 1 nafari (45 yoshli ayol) Toshkent viloyatidan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 12 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi 20 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Farg‘ona, Xorazm va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan, 2 nafari esa Tojikiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 940 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 955 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 426 nafarni tashkil etmoqda.
Andijon viloyatida tuzalganlarning 2 nafari ham ayol (65 yoshli va 46 yoshli) bo‘lib, Andijon shahridan. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 169 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda.
Shunday qilib, bugun hozirga qadar 17 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 2624 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021