Twitter birinchi marta Trampning xabarini «feyk xabar» sifatida belgiladi
AQSh prezidenti Donald Trampning Twitter’dagi xabarida foydalanuvchilarni xabardagi faktlarni tekshirishga chaqiruvchi belgi paydo bo‘ldi. Tramp o‘z tvitida pochta orqali ovoz berish ko‘p sonli soxtalashtirishlarga olib kelishi mumkinligini aytgan.

Trampning xabari ikki qismdan iborat bo‘lib, ulardan har birida endi ko‘k rangli aylana ichida “Pochta orqali ovoz berish haqidagi faktlarga qarang” degan yozuvli undov belgisi turibdi. Ushbu belgiga bosilganda u Twitter’dagi maxsus sahifaga yo‘llaydi. Ushbu sahifa Politico nashrining “Tramp pochta orqali ovoz berish natijalarning soxtalashtirilishiga olib kelishi haqida asossiz bayonotlar bermoqda”, deb nomlangan sarlavhali maqolasiga havola bilan boshlanadi.
So‘ngra Tramp aynan nimani noto‘g‘ri aytgani sanab o‘tilgan.
AQSh prezidenti Kaliforniyaning demokrat-gubernatori Gevin Nyusomning noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida shtatdagi barcha saylovchilarga saylov byulletenlarini pochta orqali jo‘natmoqchiligi ortida pochta orqali ovoz berishni tanqid qilmoqda. Trampning fikricha, bunday ovoz berish shaffof bo‘lmay, byulletenlar soxtalashtirilib, boshqalar uchun imzolanishi mumkin.
Respublikachilar partiyasi hattoki ovoz berishga bunday yondashuv ustidan sudga ariza topshirgan. Respublikachilarning fikricha, Nyusomning bu qarori demokratlarning prezident saylovlari natijalarini soxtalashtirish bo‘yicha katta ko‘lamli rejasining bir qismi hisoblanadi.
Mavzuga oid

14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi

10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi

18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi

17:38 / 05.11.2024