Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda turistik yig‘imni hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi
Turoperatorlar, turagentlar, shuningdek joylashtirish vositalari uchun 2020 yil 1 iyundan 31 dekabriga qadar foyda solig‘i stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, turoperatorlar, turagentlar, shuningdek joylashtirish vositalari uchun:
- 2020 yil 1 iyundan 31 dekabriga qadar foyda solig‘i stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
- 2020 va 2021 yil yakunlari bo‘yicha zararlarni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda o‘tkazish huquqi beriladi;
- 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
Joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘imni to‘lashni 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga soliq organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda to‘lash asosida foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etiladi.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
18:30 / 18.04.2025