Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoydan keltiriladigan 78 turdagi mahsulotga boj to‘lovlarini vaqtincha bekor qildi
14 fevralda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo nizolarini hal qilish bo‘yicha kelishuvning ikkinchi bosqichi boshlandi. Unga ko‘ra, tomonlar bir-birlarining mahsulotlariga nisbatan boj to‘lovlarini pasaytiradi.
AQSh savdo muzokaralarida Xitoyning 78 nomdagi mahsulotiga 2018 yil sentyabrda joriy etilgan boj to‘lovlarini vaqtincha bekor qildi.
AQSh federal reyestrida joylashtirilgan hujjatda qayd etilishicha, Amerika hukumati ushbu qarorni qabul qilib Amerikadagi kompaniyalarning Xitoy mahsulotlarini boj ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi qator so‘rovlarini qondirgan hamda qator omillarni hisobga olgan – xususan, bu mahsulotlarning ayrimlarini faqat xitoylik ishlab chiqaruvchilardan sotib olish mumkin.
Ushbu istisno 7 avgustgacha amal qiladi. Boj to‘lanmaydigan mahsulotlar ro‘yxatidan shuningdek, jonivorlar uchun ozuqalar, bolalar uchun rasm bo‘yoqlari, yo‘l sumkalari joy oldi.
14 fevralda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo nizolarini hal qilish bo‘yicha kelishuvning ikkinchi bosqichi boshlandi. Unga ko‘ra, tomonlar bir-birlarining mahsulotlariga nisbatan boj to‘lovlarini pasaytiradi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington tomonlar kelishuvning ikkinchi bosqichiga o‘tmagunicha Xitoy mahsulotlari importiga nisbatan bojlarni bekor qilmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025