Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing 6,7 mingdan ko‘proq xodimini bo‘shatishini e'lon qildi
AQShning Boeing kompaniyasi 6,7 mingdan ko‘proq xodimini bo‘shatishga qaror qildi.
AQShning Boeing kompaniyasi 6,7 mingdan ko‘proq xodimini bo‘shatishga qaror qildi. Bu haqda kompaniya prezidenti va bosh direktori Devid Kelxun bayonotida aytilgan.
“Biz o‘tgan oy e'lon qilgan, xodimlarning o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shash dasturini yakunladik. Endi esa majburiy bo‘shatish dasturini boshlashimizga to‘g‘ri keladigan qayg‘uli onlarga yetib keldik. Joriy haftada AQShdagi 6770 xodimimizni ushbu dastur ta'siriga uchrashlari haqida xabardor qilamiz”, deb aytgan Kelxun. Uning ta'kidlashicha, bo‘shatilgan xodimlarning barchasi tegishli to‘lovlar va sug‘urta imtiyozlarini to‘liq hajmda oladilar.
Boeing rahbarining ta'kidlashicha, pandemiya oqibatlari AQSh va butun dunyo aviakompaniyalarining holatiga falokatli ta'sir ko‘rsatdi. Uning aytishicha, shu sababli kompaniyaning mahsulotlari va xizmatlariga talab ancha pasayib ketgan.
27 may kuni The Wall Street Journal nashri Boeing 2,5 mingga yaqin xodimini haq to‘lanmaydigan ta'tilga jo‘natishini ma'lum qilgandi.
29 aprelda Kelxun pandemiya aviatashuvlar sohasiga salbiy ta'sir ko‘rsatganini, shu sababli Boeing ba'zi samolyotlar modellari ishlab chiqarilishini qisqartirishga to‘g‘ri kelishini aytgandi. Bu esa kompaniya rahbariyatini butun dunyo bo‘ylab 10 foiz xodimlarini qisqartirishga majbur qilgan.
Mavzuga oid
21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi
19:24 / 16.04.2025
Rossiya AQShdan muzlatilgan aktivlari hisobidan Boeing samolyotlarini sotishni so‘radi - Bloomberg
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
21:41 / 21.03.2025