Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: quyosh nuri koronavirusni 15 daqiqada yo‘q qila oladi
Amerikalik olimlar quyosh nuri nafaqat sog‘liq uchun ko‘plab foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan, organizmning yuqumli kasalliklarga qarshilik ko‘rsata olishini oshiradigan D vitaminining tabiiy manbayi hisoblanishi, balki SARS-CoV-2 koronavirusini yo‘q qila olishini aniqlashdi.
AQShning biologik himoya tahlili va unga qarshi kurash milliy markazi (National Biodefense Analysis & Countermeasures Center) olimlari quyosh nuri koronavirusni yo‘q qilishi mumkinligini, biroq barchasi uning qanchalik uzoq ta'sir qilishi, geografik kenglik va kunning muayyan vaqtiga bog‘liqligini ma'lum qilishda. Bu haqda Hightech.plus nashri ma'lum qildi.
Avvalgi tadqiqotlar koronavirus plastik va po‘latda 3 kungacha, kartonda bir kun davomida barqaror qolishini, ob-havo sharoitlari uning tarqalishiga sezilarli ta'sir qilmasligini va virusni 56 darajagacha qizdirib yarim soat davomida yoki 79 darajada 5 daqiqada yo‘q qilish mumkinligini ko‘rsatgan.
Amerikalik olimlar koronavirusni o‘rganish davomida yangi xulosalarga kelishdi.
Olimlar tadqiqot davomida virus namunalarini tabiiy yorug‘likni beradigan chiroq ostidagi po‘lat plastinkalarga joylashtirishgan. Natijalar 40 daraja shimoliy kenglikdagi tush paytini eslatuvchi sharoitda so‘lakdagi 90 foiz virus 6,8 daqiqada, u uchun qulay muhitda esa 14,3 daqiqada faolligini yo‘qotishini ko‘rsatgan.
Ta'kidlab o‘tish joiz, 40-parallelda O‘rta Osiyo davlatlari, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya, Turkiya, Armaniston, Ozarboyjon, Xitoy, Yaponiya va AQShning janubiy shtatlari joylashgan.
Yorug‘lik kamroq bo‘lganda ham virus yo‘q bo‘ladi, biroq sekinroq. Quyosh nuri ta'sir qilmaganda virusning faolligi kamaymagan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021