Jahon | 23:44 / 29.05.2020
12918
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh noroziliklarga qaramay Janubiy Koreyada yangi raketalar joylashtirdi   

AQSh mahalliy aholi noroziliklariga qaramay, Janubiy Koreyaga raketalarga qarshi majmualari THAAD’ni yetkazib, Sonjudagi (Kensan-Pukto profinsiyasi) bazasida joylashtirdi.

Foto: Yonhap

The Korea Times nashrining xabar berishicha, majmualarni bazaga yetkazish bo‘yicha operatsiya majmualarning joylashtirilishiga qarshi chiqayotgan Janubiy Koreya jamoatchiligi e'tiborini qamroq jalb qilish maqsadida 29 mayga o‘tar kechasi amalga oshirilgan.

AQShning Janubiy Koreyadagi kuchlari qo‘mondonligining (USFK) ma'lum qilishicha, ushbu amaliyotdan maqsad eski majmualar, generatorlar, elektron qurilmalarni yangisiga almashtirish hamda baza shaxsiy tarkibi yashash sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Ta'kidlanishicha, mamlakatga qancha eski raketa olib chiqilgan bo‘lsa, shuncha yangi raketa olib kelingan. USFKT’da ma'lum qilinishicha, qo‘mondonlik o‘z bazalarida bunday qurilmalarni muntazam tarzda almashtirib turadi.

Majmualarning joylashtirilishiga qarshi chiqayotgan faollar AQSh bazasiga olib boruvchi yo‘llarni to‘sishga harakat qilishgan. Ularni majmualar atrof-muhitga yetkazishi mumkin bo‘lgan ziyon tashvishlantirmoqda. Norozilik aksiyasini bostirish va hududda tartibni saqlash uchun voqea joyiga 3,7 mingga yaqin politsiyachi jo‘natilgan. Ma'lum qilinishicha, politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. 

Bundan tashqari, bu operatsiyaga Xitoy qarshi chiqqan. Xitoy AQShning raketaga qarshi tizimlarining mintaqada joylashtirishiga norozilik bildirib keladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid