O‘zbekiston | 19:00 / 30.05.2020
11478
3 daqiqa o‘qiladi

Ekspert guruhi 20ta qamoqda saqlash joylarida monitoring o‘tkazdi – Ombudsman

2019 yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi 20 ta jazoni ijro etish muassasasi va 6 ta tergov hibsxonasiga jami 26 ta monitoring tashrifi amalga oshirilgan. Bu haqda 29 may kuni Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilindi.

Ulug‘bek Muhammadiyev/Foto: KUN.UZ

2019 yilda Vakil tomonidan Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarida joylashgan 20 ta jazoni ijro etish muassasasiga va 6 ta tergov hibsxonasiga, jami 26 ta monitoring tashrifi amalga oshirilgan. Shuningdek, viloyatlardagi 963 o‘ringa mo‘ljallangan 12 ta Reabilitatsiya markazida ham monitoringlar o‘tkazilgan.

Monitoring tashriflari davomida qamoqda saqlash joylaridagi shaxslar bilan jamoaviy uchrashuvlar (3000 dan ortiq) va yakka tartibdagi suhbatlar (248 kishi bilan) o‘tkazilgan. 2020 yilning 25 may kuniga qadar, Vakilga ko‘maklashuvchi va jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi ekspert guruhi tomonidan qamoqda saqlash joylarida jami 20 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. Jumladan, Toshkent shahri, Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlarida joylashgan 9 ta jazoni ijro etish koloniyasida va 11 ta manzil-koloniyalarda monitoring o‘tkazildi”, deya Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

YeXHT koordinatori ombudsman faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida shaxsiy himoya vositalarini taqdim etdi

Tadbirda ta'kidlanishicha, ekspert guruhi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida ham 10 ta JIEM, jumladan 4 ta jazoni ijro etish koloniyasida va 6 ta manzil-koloniyalarda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha belgilangan qoidalarga to‘liq rioya qilingan holda monitoring o‘tkazilgan.

“Monitoringlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), uning o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, shuningdek “Yuksalish” umummilliy harakati, “Demokratiya va inson huquqlari instituti” hamda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdilar.

O‘tkazilgan monitoringlar davomida mahkumlarni qamoqda saqlash sharoitlari, jumladan, yashash va ovqatlanish, shuningdek, mehnat qilish va tibbiy yordam ko‘rsatish holati va sifati, mahkumlar uchun olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar hamda koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilayotganligi holatlari o‘rganildi.

Monitoringlar davomida 570 dan ortiq mahkum bilan jamoaviy uchrashuvlar va 153 nafar mahkum bilan yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazildi”, deydi Ulug‘bek Muhammadiyev.

«O‘zbekistonda qiynoqlar oldindan bor, faqat hukumat buni tan olmasdi» – Ombudsman

O‘zbekistonda qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha mustaqil qo‘mita tuzilishi rejalashtirilmoqda

Qiynoqqa solingan shaxslarga yetkazilgan zarar qoplanadi – Svetlana Ortiqova

2019 yilda 16 kishi qiynoqqa solishda ayblanib qamalgan, ularning aksari IIV va DXX xodimlari – Svetlana Ortiqova

Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid