Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda aholi orasida kasallanish holatlari qayd etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 15 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 30 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3513 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Toshkent shahri, 4 nafari Samarqand viloyati, 2 nafari esa Namangan viloyatidan, jami 8 nafar aholi orasida qayd etildi. 13 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan bo‘lsa, 27 may kuni 2 nafar Rossiyadan, 28 may kuni 1 nafar Qozog‘iston va yana 1 nafari Sirdaryo viloyatigi «Guliston» chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida tasdiqlandi», deyiladi xabarda.
29 may kuni jami 44ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 34 bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2728 nafarga yetdi.
Shifoxonalarda 771 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 7 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021