Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada bir sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 983ta yangi holat qayd etildi
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an karantin cheklovlari yengillashtirilishini e'lon qilgan. Jumladan, 1 iyundan mamlakatda shaharlaro safarlarga cheklov bekor qilinadi, kafe va muzeylar ochiladi.
Turkiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni bir sutkada 983taga oshdi, 26 kishi vafot etdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja ma'lum qildi.
"Bugun 983ta yangi holat aniqlandi, jami kasallik yuqtirganlar soni - 163 103. Bugun 26 bemor vafot etdi, barcha vafot etganlar soni - 4515. Bugun 1021 bemor sog‘aydi, jami - 126 984", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an karantin cheklovlari yengillashtirilishini e'lon qilgan. Jumladan, 1 iyundan mamlakatda shaharlaro safarlarga cheklov bekor qilinadi, kafe va muzeylar ochiladi. Shuningdek, xavfsizlik choralariga amal qilgan holda plyajlar, qo‘riqxonalar va bog‘larga tashrif buyurishga ruxsat beriladi.
Kecha Turkiyada koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan masjidlar qayta ochildi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025