Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir haftada 4 davlatdagi o‘zbekistonliklar 9ta charter reys orqali Toshkentga olib kelinadi
Joriy haftada Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, BAA va Misr Arab Respublikasidagi o‘zbekistonliklar jami Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 9ta charter reysi orqali Toshkentga olib kelinadi.
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi axborot xizmati 1-7 iyun kunlari davomida amalga oshiriladigan charter reyslar haqida ma'lumot berdi.
1 – 7 iyun kunlariga belgilangan charter reyslar jadvali:
1 iyun. Toshkent – Istanbul – Toshkent
2 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
3 iyun. Toshkent – Sharja – Toshkent
3 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
4 iyun. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent
5 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
6 iyun. Qohira – Toshkent – Qohira
6 iyun. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent
7 iyun. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent
Ma'lum qilinishicha, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq 25-31 may kunlari amalga oshirilgan 8ta qatnov orqali Rossiya Federatsiyasi va Turkiyadan jami 2118 kishi O‘zbekistonga olib kelindi.
26 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 10 mingdan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarilishi, 100 mingdan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytish istagini bildirib, navbat kutayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlarning qariyb yarmi xorijdan kelgan fuqarolar hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin
10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
22:37 / 09.05.2025