Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Chilonzorda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasida yuz bergan holat bo‘yicha ma'lumot berdi
Hozirda mazkur hududda jamoat tartibi tiklanib, noqonuniy harakatlarga barham berilgan.
IIV ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida militsiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgani bo‘yicha tarqalgan video yuzasidan ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 1 iyun ertalab soat taxminan 04:30larda Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent halqa yo‘li chekkasidagi “Toshkent” savdo majmuasi va “Do‘stlik” buyum bozorlari tashqarisida viloyat soliq organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibga zid ravishda noqonuniy savdo ishlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish ishlari amalga oshirilgan.
IIV axborot xizmati ma'lumotida aytilishicha, shu vaqtda bir qator fuqarolar tomonidan norozilik bildirilgan, shunda jamoat tartibini saqlash maqsadida hududga viloyat IIBB patrul-post xizmati xodimlari jalb qilingan.
Ta'kidlanishicha, hozirda mazkur hududda jamoat tartibi tiklanib, noqonuniy harakatlarga barham berilgan.
Holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilib, uning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
20:18 / 12.05.2025